Isteʼmolchilarga fevral oyi uchun to‘langan keshbek miqdori 20 mlrd so‘mdan oshdi. Bu haqda DSQ telegram kanalida xabar beriladi.
Fevral oyida iste’molchilar tomonidan 27,9 mlrd so‘m keshbek yig‘ilib, shundan 26-mart holatiga 18,4 mlrd so‘m to‘langan edi.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
- soliq hisobotlari topshirilish;
- hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
- soliq qarzdorligi kamayishi inobatga olinib,
iste’molchilarga yana 2,5 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.
Mavzuga doir: Yoʻriqnoma: QR-kod orqali qanday qilib keshbekka ega boʻlish mumkin. Spot Qr-kod bilan bog’liq yo’lga qo’yilgan yangi xizmatdan foydalanish to’g’risidagi ko’rsatmani tayyorladi.
Natijada 8-aprel holatiga fevral oyi uchun keshbek to‘lab berilgan fuqarolar soni 193 552 nafarga, ularga to’langan summa 20,9 mlrd so‘mga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga xarid summasidan 1% keshbek qaytarilmoqda.