O‘zbekiston va Qirg‘iziston emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlari o‘zaro tan olindi. Bu haqda Sanepidxizmat matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston hukumati va Qirg‘iziston hukumati milliy darajada COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish borasida, shu jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirayotgan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni baholagan.
Tomonlar davlatlari hududini COVID-19 infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishidan yuqori darajada himoya qilish yuzasidan ko‘rilayotgan qat’iy va keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar muhimligini ta’kidlagan.
Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19'ga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o‘zaro tan oladi. Kelishuv joriy yil 26-martidan kuchga kirdi.
Bundan oldin mamlakatimiz Qozog‘iston va Tojikiston bilan emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlari o‘zaro tan olingani xabar berilgandi.
Mavzuga doir: Emlanganlikni tasdiqlovchi elektron sertifikatni qanday olish mumkin