Dori vositalari va tibbiy buyumlarni guruhlarga ajratgan holda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yoʻlga qoʻyildi.
Qarorga muvofiq majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari quyidagi guruhlar boʻyicha belgilandi:
- 1- guruh — ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari — 2022-yil 1-sentabrdan boshlab;
- 2- guruh — birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro-mahsulotlari — 2022-yil 1-noyabrdan boshlab;
- 3- guruh — kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek, respublika hududidan tashqarida amalga oshirilgan roʻyxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasidagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasining Davlat reestriga kiritilgan dori vositalari — 2023-yil 1-martdan boshlab;
- 4- guruh — belgilangan tartibda tasdiqlangan ro’yxatga kiritilgan tibbiy buyumlar — 2025-yil 1-fevraldan boshlab.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- raqamli markirovkalanadigan maishiy texnika mahsulotlarining identifikatsiya kodlari roʻyxati;
- ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari hamda tibbiyot muassasalari tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafiklari;
- dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash xususiyatlari toʻgʻrisidagi nizom.
Shunindek, raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab quyidagilarga ruxsat etiladi:
- 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatda raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni, ularning yaroqlilik muddati tugagunga qadar, raqamli identifikatsiyalash vositalarisiz realizatsiya qilishga;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilarga 90 kun ichida dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan (qadoqda koʻrsatilgan sana) va raqamli markirovkalanmagan holda sertifikatsiyadan oʻtkazishga;
- xorijiy ishlab chiqaruvchilarga 180 kun ichida dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan (qadoqda koʻrsatilgan sana) va raqamli markirovkalanmagan mahsulotni sertifikatsiyadan oʻtkazish hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.
Ishlab chiqaruvchining dori vositalariga belgilangan cheklangan sotish narxi BHMning 1%dan yuqori boʻlmagan dori vositalariga raqamli markirovka kodlari bepul taqdim etish tartibi oʻrnatildi.