Markaziy bank boshqaruvining “Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Qaror loyihasida quyidagi oʻzgarishlar nazarda tutilgan:
- aholi va tadbirkorlik subyektlaridan ayrim hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilishni bekor qilish;
- bank filiallari va bank xizmatlari ofislarini ochish va yopish tartibini xabardor qilish tartib-taomillariga oʻtkazish;
- bank tashkil etishda yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etishda chet el banklariga qoʻyilgan talablarni yengillashtirish;
- bank rahbar xodimlarini baholash mezonlarini takomillashtirish.
Qaror loyihasi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasida ortiqcha hujjatbozlikdan voz kechishni, Oʻzbekistonda bank ochishda yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etishda chet el banklarining kapitaliga qoʻyilgan talablarni yengillashtirishni, banklar moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida bankning ayrim rahbar lavozimlariga belgilangan talablarni takomillashtirishni koʻzda tutmoqda.
Shu bilan birga, qaror loyihasi bilan ayrim normalardagi noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida tahririy oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Avvalroq “Davrbank” regulyator tomonidan jarima sanksiyasiga tortilgan edi.