Bloomberg nashrining xabar berishicha Rossiya- Ukraina urushi sabab Vengriyaning OTP banki Ipoteka bankning xususiylashtirish bo’yicha to’lovlarni bir necha oyga ortga surish uchun murojaat qildi.
Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan maxsus operatsiyasi sabab OTP Banki 30% zarar ko’rgan.
Shu sabab, ipoteka to’lovlarini biroz muddatga kechiktirishni so’ragan. To’lov shartlari o’zgarishi haqida ma’lumot berilmagan.
O’tgan yilning sentyabr oyida bank xususiylashtirish jarayoni boshlangan edi.
“Bizga 10dan ortiq davlat banklari kerak emas, ularni asta-sekin xususiylashtirishimiz kerak. Ipoteka bankning 75% ulushi Vengriyaning OTP Bankiga sotiladi va kun davomida shartnomaning dastlabki bandlarini ham imzolaymiz”, — degan edi Qoʻchqorov.
Biroz avval, bank tashkil etishda chet el banklariga qoʻyiladigan talablar yengillashtirilganligi haqida xabar bergan edi.