E-auksion saytida xabar berilishicha, boshlang’ich narxi 124 mlrd so’m bo’lgan yirik ishlab chiqarish sexi va yotoqxona auksion savdolariga qo’yildi.
Majmua Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko’chasi 53b uyda joylashgan. Umumiy maydoni 2,4132 gektarni tashkil etadi.
Xabarda ko’rsatilishicha, inshootlar o’zboshimchalik yo’li bilan qurilgan va “BF TEXTILE PRODUKTION” MCHJ XKga tegishli.
Iqtisodiy sud hujjatida ko’rsatilishicha jamiyat va Hamkorbank o’rtasida 14-oktabr 2016-yilda, 16-yanvar 2017-yilda, 21-noyabr 2018- yilda tuzilgan Bosh kelishuv shartnomalari asosida tuzilgan ochiq liniyali kredit shartnomalariga asosan bank o’z mablag’lari hisobidan qarzdorga jami $19.102.000 miqdorida kredit mablag’i ajratgan.
Kreditlar o’z vaqtida qaytarilmagach bank sudga murojaat qilgan. Hozirda majmua bank tasarrufida garov evazida turibdi.
Arizalar qabuli 10-maygacha davom etadi.