Joriy yilning 31-martidan 13-apreliga qadar janob Ron van Ruden boshchiligidagi XVF ning maxsus missiyasi ish olib bordi. Muzokaralar va o’rganishlardan so’ng mutaxassis quyidagi xulosalarga keldi.
Yangi noqulay omillarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 2022-yilda ilgari prognoz qilingan 6 foizga nisbatan 3−4 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda.
Rossiyadan pul o’tkazmalari va moliyalashtirishning qisqarishi, shuningdek, savdoning ma’lum darajada kamayishi, jumladan yetkazib berish zanjiridagi keyingi uzilishlar iste’mol va investitsiyalarning pasayishiga olib keladi.
Joriy hisob taqchilligi yalpi ichki mahsulotning taxminan 91/2 foizigacha kengayishi prognoz qilinmoqda, pul o’tkazmalarining qisqarishi importning kamayishi va tovar eksporti daromadlarining oshishi bilan qisman qoplanadi. Global oziq-ovqat va yoqilg’i narxlarining keskin o’sishi tufayli inflyatsiya joriy yilda 12 foiz darajasida saqlanib qolishi kutilmoqda.
Batafsil o’qish uchun havola.