2022- yilning mart oyida yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari narxlari fevral oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,7% ga qimmatlashgan. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasining rasmiy saytida ma’lumot beriladi.
Yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 2,2% ga oshgani kuzatilgan.Poyezdlarda yoʻlovchi tashish narxlari bir oyda oʻrtacha 0,2% ga oshgan.
Shaharlararo avtobusda yoʻl haqi narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 2,1% ga qimmatlashgan. Bir oy davomida metro, tramvay va shaharlararo avtobusda yoʻl haqi narxlarida oʻzgarish kuzatilmagan.