Prezident axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot rivojlantirish yuzasidan yig’ilish o’tkazmoqda. Yig’ilish davomida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini transformatsiya qilish masalasiga toʻxtalib o’tildi.
“Oʻzbektelekom” jahonning nufuzli aloqa kompaniyalariga oʻxshab, davlatga yuqori daromad keltiruvchi, sifatli xizmatlarni eksport qiluvchi, yuqori texnologik, daromadli va namunali kompaniya boʻlishi kerak", dedi davlatimiz rahbari.
Joriy yilda kompaniyaning operatsion xarajatlari va tannarxini 15 foizga qisqartirish, iyul oyida xalqaro reyting olishini ta’minlash va kelgusi yil martda kompaniyani IPOga chiqarish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda hozirgi murakkab vaziyatda kiberxavfsizlik masalasiga e’tiborni kuchaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Joriy yil birinchi chorakning oʻzida axborot tizimlariga chetdan 200 tadan ortiq kiberhujum uyushtirilgan.