Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari Oʻzbekiston-Vengriya qoʻshma startap akseleratorini tashkil etish maqsadida Yevropada akseleratsiya dasturlarining faoliyati va startap ekotizimini oʻrganish maqsadida Vengriyaning Budapesht shahriga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston-Vengriya qoʻshma startap akseleratori Vengriyaning “StartupCampus” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Hamkorlikdan asosiy maqsad, xalqaro standartlarga javob beruvchi akseleratsiya dasturini yo‘lga qo`yish va ishtirokchi kompaniyalarning tashqi bozorlarga chiqishiga yordam berishdan iborat.
Ushbu dastur ikkita yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Birinchisi, Universitet startap akseleratsiya dasturi yo‘nalishi bo‘lib, unga energetika, urbanizatsiya, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarida global muammolarni hal qiluvchi innovatsion g‘oyalari bor talabalarni jalb qilish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: “StartupCampus” kompaniyasi Budapesht, Berlin, London kabi yirik shaharlarda oʻz kampuslariga ega boʻlgan akseleratorlar hamda inkubator dasturlarini tashkil etgan holda, startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanuvchi Yevropada katta tajribaga ega kompaniya hisoblanadi.