Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, 2022-yilning mart oyida haydovchilikka tayyorlash boʻyicha kurslar narxlari fevral oyiga nisbatan ya’ni bir oyda oʻrtacha 13,3% ga oshgan.

Haydovchilikka tayyorlash boʻyicha kurslar narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 13,9% ga qimmatlashgan.

Haydovchilikka tayyorlash boʻyicha kurslar narxlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ya’ni bir yilda oʻrtacha 15,2% ga qimmatlashgani kuzatilgan.

Avvalroq Spot, aholida eng ko’p qaysi rusumdagi avtomobil borligi haqida ma’lumot bergan edi.