Selektordan : Respublika boʻyicha 2 mingdan ziyod mahalla xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan.

Prezident aholisi koʻp qishloqlarda shaharlardagi mavjud xizmatlarni imkon qadar yoʻlga qoʻyish lozimligini koʻrsatib oʻtdi.

Mutasaddilarga aholisi 20 mingdan oshadigan 3−4 ta mahalla uchun kamida 1 tadan mahallalararo chakana savdo va xizmat koʻrsatish markazlarini tashkil etish boʻyicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash topshirildi.

Ushbu markazlar ham, mikro sanoat markazlari kabi, 5 yil muddatga yer va mol-mulk soligʻidan ozod etilishi belgilandi.

Bu orqali viloyat hokimlari mahallalarda ikkinchi chorakda xizmatlar sohasida 140 mingta ish oʻrni yaratishi zarurligi ta’kidlandi.