Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi davomida dehqonlar mavsumga oʻz vaqtida tayyorgarlik koʻrishi uchun Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasiga ajratilgan 2 trillion soʻm resurs hisobidan ikkinchi chorakda qoʻshimcha 350 milliard soʻm yoʻnaltirilishi aytib o’tildi.

Ushbu mablagʻlar “lider” tadbirkorlar orqali urugʻ, koʻchat, oʻgʻit sotib olish va boshqa xarajatlar uchun beriladi.

Ushbu mablagʻlar hisobiga 250 ta ogʻir mahalladagi 165 ming nafar aholi bandligini ta’minlash vazifasi qoʻyildi.

Yana 2,5 mingta mahalla chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikka ixtisoslashgan. Ularni rivojlantirish uchun:

  • kamida 1,5 mingta mahallaga inkubator;
  • har bir viloyatda kamida 20 mingta xonadonga 20−100 tadan xonaki tovuq;
  • 1000 tagacha mahallada 5−10 ta xonadonga asalari uyalari tarqatiladi.

Bu chora-tadbirlar orqali birinchi yarim yillikda aholi xonadonlarida chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik yoʻnalishlarda kamida 140 ming nafar aholi bandligini ta’minlash vazifasi qoʻyildi.