Davlat statistika qo‘mitasi joriy yil birinchi choragida yalpi ichki mahsulot 5,8 foizga oshganini ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 162,8 trillion so‘mni tashkil etdi.

2021-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 foizga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 4 million 604,6 ming so‘m (420 AQSH dollari)ni tashkil etib, 2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,7 foizga o‘sdi.