19-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Yandeks Taksi"ning MDH davlatlari bo‘yicha boshqaruv direktori Kiril Svinsov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda bir nechta muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, AKT vaziri tomonidan “Yandeks Taksi"ni IT Park rezidentiga aylantirish bo‘yicha takliflar berildi.
Shuningdek, “Yandeks Taksi” bugungi kunda O‘zbekiston bozoriga shiddat bilan kirib kelayotgani, aholi vakillari uchun qulayliklar taqdim etayotgani ta’kidlandi.
Shu bilan birga, kompaniya O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirib, uni viloyatlar markazlarida ham keng joriy etayotgani quvonarli ekani aytib o‘tildi.