Xalq bankiga tegishli Nurafshon shahar, Muqumiy MFY, Toshkent yo`li ko`chasi 180-uy manzilda joylashgan 9 qavatli 3 kirish joyiga ega turar joy binosi auksionga savdolariga qo’yildi.

Oldindan to’lov 35% (o'ttiz besh) foiz. Qolgan 65% (oltmish besh) foiz qismi 18 oyga (3 oy imtiyozli davr bilan) muddatli to’lovga foizsiz bo’lib to’lash sharti bilan ham beriladi. Baholangan narxi 15% QQS hisobga olgan holda ko’rsatilgan.

Bino 72 ta yashash xonadonidan iborat bo’lib, xonadonlar oq suvoqdan chiqazilgan elektr tarmoqlari tortilgan va tashqi romlar mavjud. 1-qavat to’liq 865.56 metr kvadrat noturar bo’lib eshik va romlari bor hamda uning yerto’lasi ham mavjud.

Majmuaning boshlang’ich narxi 51 mlrd so’mni tashkil etadi.Arizalar 20-maygacha qabul qilinadi.