O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlariga asosan 2022-yil 1-apreldan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi joriy etildi.
Bunda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimiga elektron tarzda taqdim etib boradi.
Ushbu tizimni amaliyotga joriy etish orqali fuqarolar uchun quyidagi qulayliklar yaratildi.
Davlat xizmatlaridan foydalanish xaftaning istalgan kuni va istalgan vaqtda YaIDXP orqali murojaat etishlari mumkin
Davlat xizmatlari ko‘rsatish yoki rad etish 5 soniyada amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishida Pensiya jamg‘armasi xodimlari ishtirok etmaydi.