“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonun (OʻRQ-765-son, 20.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga koʻra, mikromoliya tashkiloti, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti nobank kredit tashkilolari hisoblanadi.
Mikromoliya tashkilotlari tadbirkorlarga kreditlar (300 mln soʻmgacha), lizing, kafolatlar berishi, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar — islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar.
️ Lombardlar garov evaziga qisqa muddatli (1-yilgacha) mikroqarzlar (50 mln soʻmgacha) beradi.
Nobank kredit tashkilotlari ishlab chiqarish, sugʻurta, savdo faoliyatini amalga oshirishga va omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga haqli emas.
Mikromoliya tashkilotining yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining faoliyati tegishli reyestrlarga kiritish vositasida hisob roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
️ Lombard faoliyati lombard faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.
️Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
21 aprel 2022, 16:11
Iqtisodiyot
Qonunchilik
Nobank tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini koʻrsatishi mumkin
Mikromoliya tashkilotlari tadbirkorlarga kreditlar (300 mln soʻmgacha), lizing, kafolatlar berishi, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 11:01 Texnologiyalar
ChatGPT matnni qayta ishlash funksiyasini yangiladi
Endi matnlar yanada tabiiy va qiziqarli bo‘ladi, shu bilan birga ularning aloqadorligi va o‘qilishi yaxshilanadi.
Bugun, 10:23 Biznes
Xitoy kompaniyasi Andijonda elektroskuter va rangli metal konstruksiyalar ishlab chiqaradi
Umumiy qiymati $210 mln bo‘lgan loyihalar doirasida viloyatda zavodlar qurilishi boshlandi.
Bugun, 09:41 Iqtisodiyot
Xitoyning Eksim banki Toshkentda mintaqaviy vakolatxonasini ochdi
Mintaqaviy ofis O‘zbekistondan tashqari, bankning yana 7ta mamlakatdagi faoliyatini yuritadi.
Bugun, 09:00
Toshkentda yangi Trilliant biznes markazi ochildi
Trilliant yangi biznes markazi jahon darajasidagi biznes ofislari, mehmonxona, kongress markazi va zamonaviy savdo maydonchalarini taklif etadi.
Kecha, 18:04
Hafta yakuni: dollarning navbatdagi rekord kursi, onlayn-kinoteatrlar va Koreyada grant asosida tahsil olayotgan Sitora bilan suhbat
Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.
23 noyabr 2024, 17:21 Iqtisodiyot
Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
Ularda ishlayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.
23 noyabr 2024, 15:02 Biznes
Tadbirkorlar faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi
Shuningdek, jismoniy shaxsning YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik qilganlik uchun jarima bekor qilinadi.
23 noyabr 2024, 11:44 Iqtisodiyot
2025-yilda Xorazmda $1,5 mlrd investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda
Birgina Qo‘shko‘pir tumanida qiymati $1 mlrdlik loyihalar amalga oshirilishi, u yerda elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik va farmatsevtika yo‘nalishida 2 mingta ish o‘rni yaratilishi belgilangan.