Spot hh.uz sayti orqali grafik-dizaynerlar uchun Oʻzbekistondagi kompaniyalardagi boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot toʻpladi. Unga koʻra, hozirgi vaqtda “Beeline” aloqa kompaniyasi, “Evos” tarmogʻi va “Perfect Consulting Group” kabi kompaniyalar mazkur yoʻnalishda kadr qidirmoqda. Oʻrtacha oylik maosh 5−7 million soʻmdan boshlanadi.
“Evos”
Ushbu mashhur fast-fud tarmogʻi ham grafik-dizaynerlar uchun boʻsh ish oʻrni haqida eʼlon qoldirgan. Nomzod 3−6 yillik tajribaga ega, Power Point, Adobe Photoshop, Figma, InDesign va Adobe Illustrator dasturlarida ishlay olishi hamda oʻzbek va rus tilida erkin muloqot qila olishi talab etiladi.
Ish grafigi va maosh masalasi suhbat paytida hal etilishi taʼkidlangan.
“Beeline”
"Unitel" (Beeline) ham munosib grafik-dizaynerlari qidirmoqda. Nomzod ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlashi, reklama materillari ustida ishlashi kerak. Bu borada albatta grafik dasturlarda ishlay olish, oʻzbek va rus tilida erkin muloqot qila olish talab etiladi. Shuningdek, boʻlgʻusi xodim bu yoʻnalishda 3 yildan kam boʻlmagan tajribaga ega boʻlishi lozim.
Aloqa kompaniyasi oylik masalasini suhbat orqali maʼlum qilishini taʼkidlagan.
“Shox Med Center” MChJ
Ushbu tibbiyot markazi uchun boʻlgʻusi xodim 1−3 yillik tajribaga ega, Adobe Photoshop va Adobe Illustrator dasturlarida ishlay olishi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlashi talab etiladi. Tashkilot 5/2 grafikka ega ish rejimi vaʼda qilmoqda.
Ushbu vazifalar uchun maosh 4 milliondan boshlanishi aytilgan.
“Perfect Consulting Group”
Ibrohim Gulyamov boshchiligidagi “Perfect Consulting Group” ham grafik-dizayner xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda. Kompaniya yangi xodimdan grafik dasturlarda ishlay olish, reklama materiallarini tayyorlash va kreativ gʻoyalar ustida ishlashni kutadi. Oʻz oʻrnida, xodimga shinam ofis, doʻstona kollektiv, qulay ish grafigi hamda 3−8 milliongacha oylikni taklif qiladi
“Inovation ILM Platform” MChJ
Nomzod Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw va Adobe After Effects dasturlarida ishlay olishi kerak.
Boʻlajak xodim kompaniyaga oid ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlashi, shuningdek, reklama materiallar ustida ishlashi talab etiladi.
Ushbu vazifalar uchun 3−5 million soʻmlik maosh taklif qilinmoqda.
**Yuqoridagi maʼlumotlar maqola nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi va Spot shartlar tez-tez oʻzgarib turayotganligi bois maʼlumotlarni aniqlashtirish yuzasidan saytni kuzatib borishni maslahat beradi.