O‘zbekkosmos agentligi tomonidan Buyuk Britaniyaning “Dialogue Events Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2022 yil 10−11 may kunlari Toshkent shahrida “Kosmik texnologiyalar hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan “Space Technology Conference STC-2022” nomli birinchi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiyada Markaziy Yevroosiyo davlatlari kosmik agentliklari va tegishli idoralari:

  • Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiya va aerokosmik sanoati vazirligining Aerokosmik qo‘mitasi;
  • Ozarbayjon kosmik agentligi (Azerkosmos),
  • Turkiya kosmik agentligi (TUA), BAA kosmik agentligi,
  • Qirg‘iziston Respublikasi raqamli rivojlanish vazirligi huzuridagi Aloqa sohasini tartibga solish va nazorat qilish xizmati.

Xalqaro kosmik tashkilotlar:

  • BMT kosmik ishlar boshqarmasi (UNOOSA),
  • BMT Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi.

Kosmik sohadagi yetakchi kompaniyalar:

  • Maxar (AQSh),
  • Airbus (Fransiya),
  • Planet (AQSh),
  • SSI Monaco (Monako),
  • ES (Lyuksemburg),
  • SpaceX (AQSh),
  • Viasat (AQSh),
  • OneWeb (Buyuk Britaniya),
  • ESRI (AQSh),
  • Satellogic (AQSh),
  • Gilat (Isroil),
  • HEAD (Xitoy),
  • TurkSAT (Turkiya),
  • NEC (Yaponiya),
  • Leonardo S.P.A. (Italiya),
  • Ghalam (Qozog'iston),
  • Aviators (BAA) va boshqalar qatnashishi kutilmoqda.

Konferensiya “Kosmik texnologiyalarni ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlanish uchun Markaziy Yevroosiyoda qo‘llash”, “Yangi sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari: loyiha, ishlab chiqarish, uchirish”, “Sun'iy yo’ldoshli aloqa: hukumat, biznes, iste’molchi”, “Kosmik fazoning barqaror rivojlanishi — panel muhokama” kabi mavzulardagi sessiyalarni qamrab oladi.

Konferensiya Hilton mehmonxonasida bo’lib o’tadi.Ro'yxatdan o’tish uchun.