10−15-may kunlari Inkubatsiya markazlari ochilgan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Oʻz startap gʻoyangni yarat” marafoni oʻtkaziladi.

Marafon IT Park tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Eskiz IT kompaniyasi, Registon IT School va Unical Solutions ko‘magida tashkil etilmoqda.

Marafon doirasida ishtirokchilarni turli amaliy mashg‘ulotlar va qiziqarli ma’ruzalar kutmoqda. Har bir kun yakuni boʻyicha talabalarga uyga vazifa beriladi.

Barcha topshiriqlarni bajargan faol ishtirokchilar g‘oyalar tanlovida ishtirok etish hamda qimmatbaho sovg‘alar yutib olish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar.

Dastur yakunidan soʻng esa talabalarga maxsus sertifikatlar taqdim etilib, ular avtomatik ravishda oʻz universitetlaridagi Inkubatsiya markazlarida inkubatsiya dasturida ishtirok etishlari mumkin boʻladi.

Dasturda quyidagi universitetlar talabalari ishtirok etishi mumkin:

1. Toshkent shahridagi Inha Universiteti;

2. Toshkent shahridagi Amiti Universiteti;

3. Toshkent shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti;

4. Toshkent shahridagi Turin politexnika Universiteti;

5. Toshkent Moliya Instituti;

6. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti;

7. O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti;

8. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;

9. Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti;

10. Xalqaro Iqtisodiyot va Diplomatiya Universiteti;

11. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti

G‘oyalar tanlovida ishtirok etish shartlari:

1. Barcha treninglarda (10-maydan 14-maygacha) faol ishtirok etish. Treninglar kechki vaqtda o‘tkaziladi;

2. Uyga vazifalarni to‘liq bajarish. 15-may kuni esa o‘z g‘oyangizni taqdim etish;

3. Marafonning birinchi kunida 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoani to‘plash. Barcha ishtirokchilar turli universitetlar talabalari bo‘lishi lozim.

Treninglar rus tilida olib boriladi.

Marafonda ishtirok etish uchun arizalar 6-mayga qadar (soat 18:00 gacha) qabul qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.