Artyom Shurygin,

“Этажи” koʻchmas mulk agentligining lizing boʻlimi boshligʻi.

Dunyodagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat tufayli Toshkent xorij fuqarolari uchun mashhur manzillardan biriga aylandi. Bu ijaraga olinadigan mulkka talabning oshishiga olib keldi va narxlarning keskin oʻsishi kuzatildi.

2021-yil yakuni boʻyicha Toshkent shahridagi uy-joy ijarasining oʻrtacha narxi quyidagicha edi:

  • 1−2 xonali kvartiralar — oyiga $400;

  • 3 xonali kvartira — $600;

  • 4 xonali kvartira — $700.

2022-yil yanvar oyida ijara mulk bozorida past faollik kuzatildi, qiymatda ham oʻzgarishlar kuzatilmadi. Talab va oʻrtacha narx 2021 yil yanvar darajasiga teng edi.

Bahor boshlanishi bilan Rossiya, Belarus va Ukraina fuqarolarining Toshkent shahrida ijaraga kvartira olishga boʻlgan talabi keskin oʻsa boshladi. Natijada, juda qisqa vaqt ichida haddan tashqari talab poytaxtda oʻrtacha ijara qiymatining tartibsiz oʻsishiga olib keldi.

Mart oyining boshida narxlar 20%-25% ga koʻtarildi. Aniqlik uchun, turar-joy majmualaridan biridagi 1 xonali kvartiraning (38 m²) ijara narxi fevral oyida $400 ni tashkil etgan boʻlsa, mart oyida u allaqachon $500 ga yetdi. Mart oyining ikkinchi oʻn kunligining oxirida esa mulk egalari oʻsha kabi kvartiralar uchun $550 soʻrashni boshlashdi, bu ijaraning nominal qiymatidan narx oʻsishining 35% dan koʻprogʻini tashkil etadi.

Shunday qilib, mart oyi oʻrtalariga kelib, Toshkent shahrida ijaraning oʻrtacha qiymati 25−30% ga oshdi.

  • 1 xonali kvartira — oyiga $500−550;

  • 2 xonali kvartira — $600−650;

  • 3 xonali kvartira — $800−1000;

  • 4 xonali kvartira — $1000−1200.

Chet el fuqarolari oqimi atrofidagi hayajon butun shahar boʻylab narxlarning noadekvat oʻsishiga olib keldi. Xususan, chekka hududlardagi, infratuzilmasi samarali rivojlanmagan yoki mutlaqo yaxshi taʼmirlanmagan obyektlar egalari bir vaqtning oʻzida qulay markazga yaqinroq joyda joylashgan va yaxshi rivojlangan infratuzilmaga ega obyektlar bilan bir xil narxda ijara narxini belgilashga oʻtishdi.

Ayni paytga kelib tumanlar va hududlar boʻyicha oʻrtacha ijara haqi quyidagicha koʻrinish oldi (1−2 xonali kvartiralar):

Tuman
Joylashuv
Ikkinchi bozor
Yangi qurilgan uylar
Yashnabod
Parkent, Maxtumquli, Ashxobod bogʻi
$350−400 dan $600 gacha
$500−550 dan $700 gacha
Yunusobod
Ц4, Ц5, Ц6, Mega Planet, Minor metro
$350−400 dan $650 gacha
$500−600 dan $850 gacha
Mirzo Ulugʻbek
Ц1, Ц2, Pushkin va Buyuk ipak yoʻli metro
$450−500 dan $750 gacha
$600−700 dan $1000$ gacha (Yangi binolar, gabuslar, bank uylari)
Mirobod
“Госпитальный” massivi, Ц7, Oybek metro,Nukus koʻchasi
$450−500 dan $800 gacha
$600−700 dan $1000$ gacha ((Yangi binolar, gabuslar, bank uylari)
Yakkasaroy
IIV, Kosmonavtlar metro, “Rossiya” mehmohxonasi, Shota Rustaveli koʻchasi, NEXT s.m.
$450−500 dan $800 gacha

$600−700 dan $1000$ gacha (Yangi binolar, gabuslar, bank uylari)

Uy-joy fondidan keyin tijorat binolarining oʻrtacha ijara narxi ham oshdi. Xususan, 2021-yil oxirida noturarjoy fondida ofis maydoni ijara haqining oʻrtacha qiymati 1 kvadrat metr uchun $10−12 ni tashkil etgandi. 2022-yil mart oyida koʻchmas mulk bozorida xuddi shu binolarning narxi 20−25% ga oshdi, shu bilan birga talabning ortishi kuzatilmadi.

Shunday qilib, hozirgi vaqtda ofis maydonining narxi:

Biznes markazlarida (texnik jihozlar bilan):

  • yarim tugallangan bino — 1 kv.metr uchun $25dan:

  • Tayyor taʼmirdagisi — $30 dan.

Texnik jihozlarsiz biznes markazlarida:

  • yarim tugallangan bino — $16−17:

  • Tayyor taʼmirdagisi — $20 dan.

Alohida bino:

  • yarim tugallangan bino — $18 dan:

  • Tayyor taʼmirdagisi — $20 dan.

Ayni paytda poytaxtning ijaraga beriladigan koʻchmas mulk bozorida ham turar-joy, ham noturar joy uchun ijara narxlarining keskin oʻsishi kuzatilmoqda.

Shu bilan birga, agar poytaxt markaziga yaqinroqda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari narxlarining keskin oshishi chet el fuqarolari oqimi bilan izohlanayotgan boʻlsa, chekka hududlarda va noturar joy binolarini ijaraga olish narxining oshishi esa yuzaga kelgan shov-shuvning oqibati hisoblanadi.