Hukumat qarori (203-son, 20.04.2022-y.) bilan Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir xodim uchun BHMning1,5 baravari (405 ming soʻm) miqdorida subsidiya beriladi.
Bunda ish beruvchi nogironligi boʻlgan shaxsni ishga qabul qilgandan keyin subsidiya olish uchun Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hujjatlarni 3 ish kunida oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijalariga koʻra subsidiya ajratish (ajratishni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, subsidiya har oy uchun keyingi oyda (6 oy davomida) ish beruvchiga toʻlab beriladi.
Har oy yakunida ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxslarning haqiqatdan ishlayotganligi monitoring qilib boriladi.
22 aprel 2022, 09:41
Iqtisodiyot
Qonunchilik
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya berish tartibi belgilandi
Nizomga koʻra, nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun BHMning1,5 baravari (405 ming soʻm) miqdorida subsidiya beriladi.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 476
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 20:16 Biznes
UzAuto Motors Cobalt uchun kontraktatsiyani yakunladi
Kompaniya 10 soat ichida jami 55 494ta Cobalt GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT modellari uchun shartnoma tuzgan.
Bugun, 19:59 Texnologiyalar
Apple Siri’ning yangi versiyasini ishlab chiqmoqda — Bloomberg
Yangilangan ovozli yordamchi kompaniya qurilmalari bilan muloqotni yanada tabiiy va samarali qilishga yordam beradi.
Bugun, 19:12 Energetika
O‘zbekiston yil boshidan buyon Xitoyga $540 mlnlik gaz eksport qildi
Shu bilan birga, Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi 2,4 baravarga oshib, $1,36 mlrdga yetdi.
Bugun, 18:49 Foydali
Onlayn-kinoteatrlar: O‘zbekistonda film va seriallarni qaysi platformalarda tomosha qilish mumkin va bu qanchaga tushadi?
Spot mahalliy va chet el striming xizmatlariga obuna bo‘lish narxi, kontent miqdori va sifati haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi.
Bugun, 18:39 Iqtisodiyot
Toshkent fond birjasi IT-infratuzilmasini Bloomberg platformasi bilan integratsiya qildi
Bu orqali kotirovkalar, buyurtmalar kitoblari va boshqa asosiy ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida uzatish mumkin.
Bugun, 17:54 Biznes
Boeing AQShda 2500dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatmoqda
Ishdan bo‘shatishlar kompaniyaning 17 000 ish o‘rnini yoki ishchi kuchining 10%ini qisqartirish rejasi doirasida amalga oshiriladi.
Bugun, 16:01 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 15 so‘m 14 tiyinga pasayib, 12 829,07 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 16:00 Energetika
Jizzaxda 3,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
Xususan, fermer xo‘jaligi shartnomasiz elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib olganliklari aniqlangan.