Davlat test markazining maʼlum qilishicha, qonunchilikka muvofiq, kirish imtihoni oʻtkazilayotgan yildan oldingi yillarda maktab, kollej, litseyni tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun BHMning yarim baravari miqdorida toʻlov undiriladi.

Oʻqishni test oʻtkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar, nogironligi boʻlgan shaxslar va mehribonlik uylari bolalari, bolalar shaharchasining bitiruvchilaridan bunday toʻlov undirilmaydi.

Prezident farmoniga koʻra, toʻlov undirilmaydigan abituriyentlar toifasiga:

  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
  • “Yoshlar daftari"da roʻyxatda turuvchi yoshlar ham kiritildi.

Bu yilgi qabulda bu ikki toifadagi abituriyentlar ham imtihon uchun pul toʻlamaydi.