2022-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun qanday xatarlar bor
Yil yakunida iqtisodiy oʻsish surʼatlarining sekinlashishi, inflyatsiyaning tezlashishi va oziq-ovqat narxlarining oshishi, ishsizlik va kambagʻallikning oshishi kutilishi mumkin.
Kichik tadbirkorlar uchun 5 mlrd soʻmgacha kredit ajratiladi
Bunda kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratiladi.
Pavel Durov BAA fuqaroligini olganligi maʼlum boʻldi
Endilikda u toʻrtta davlatning fuqarosi — Rossiya Federatsiyasi, Fransiya, Karib dengizidagi Sent- Kits va BAA.
Nobank tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini koʻrsatishi mumkin
Mikromoliya tashkilotlari tadbirkorlarga kreditlar (300 mln soʻmgacha), lizing, kafolatlar berishi, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
Shuningdek, boshqa yangiliklar:
- Grafik-dizaynerlar uchun vakansiyalar: “Beeline”, “Evos” va bir qancha kompaniyalar munosib kadr qidirmoqda. Oʻrtacha oylik maosh 5−7 million soʻmdan boshlanadi.
- Haydovchilikka tayyorlash boʻyicha kurslar narxlari bir oyda oʻrtacha 13,3% ga oshgan. Yil boshidan buyon bu koʻrsatgich 13,9% ni tashkil etadi.
- Kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini belgilandi. Qonunda nimalar aks etgan.
- Oʻzbekiston-Vengriya qoʻshma startap akseleratori tashkil etilmoqda. Ushbu dastur ikkita yoʻnalishni oʻz ichiga oladi. Birinchisi, Universitet startap akseleratsiya dasturi yoʻnalishi boʻlib, unga energetika, urbanizatsiya, qishloq xoʻjaligi va sogʻliqni saqlash sohalarida global muammolarni hal qiluvchi innovatsion gʻoyalari bor talabalarni jalb qilish rejalashtirilgan.
- Yilning birinchi choragida 1,47 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foiz ko‘p.
- Xorazmlik yoshlar uchun Ideathon gʻoyalar tanlovi oʻtkaziladi. Roʻyxatdan oʻtish 7-maygacha.
- Chakana savdo va xizmat koʻrsatish markazlari 5 yil muddatga yer va mol-mulk soligʻidan ozod etiladi. Bu orqali viloyat hokimlari mahallalarda ikkinchi chorakda xizmatlar sohasida 140 mingta ish oʻrni yaratishi zarurligi taʼkidlandi.
- 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda YAIM 5,8 foizga oshgan. Bu 2021-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 foizga koʻpdir.
- Xalq bankiga tegishli turar-joy majmuasi auksionga qoʻyildi. Majmuaning boshlangʻich narxi 51 mlrd soʻmni tashkil etadi.
- 1-avgustdan Mobil-ID tizimi joriy etiladi. Xizmat uchun 31-dekabrgacha toʻlov undirilmaydi. 1-yanvardan boshlab esa toʻlov BHMning 2% tashkil etadi.
- Pensiya tizimida yangi nafaqa va yangi xizmat turi yaratildi. Endilikda nafaqa tayinlash yagona portal orqali amalga oshiriladi. Davlat xizmatlari koʻrsatilishida pensiya xodimlari ishtirok etmaydi.
- Dasturchi qizlar uchun Tumaris.Hack xakatoniga arizalar qabuli boshlandi. Hujjatlar 23-mayga qadar qabul qilinadi. Xakatonning umumiy mukofot jamgʻarmasi $6 000 ni tashkil etadi.
- Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya va kafillik beriladi. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kasanachilar soni kamida 10 nafar boʻlgan tadbirkorlarga kredit summasining 75 foizi miqdorigacha kafillik beriladi.
- Tahlil: fevral oxiridan beri Toshkentda uy-joy ijarasining narxi qanday oʻzgarib kelmoqda. “Этажи” agentligining maʼlumotlariga koʻra, nafaqat turar-joy, balki noturar-joy binolarining ijarasi ham oʻsib bormoqda. Shu bilan birga, turar joy narxlarining keskin oshishi chet el fuqarolari oqimi bilan izohlanayotgan boʻlsa, noturar joy binolarini ijaraga olish narxining oshishi esa yuzaga kelgan shov-shuvning oqibatidir.
- DTM uchun toʻlov undirilmaydigan abituriyentlar roʻyxati kengaytirildi. “Yoshlar daftari"da roʻyxatda turuvchi yoshlar ham kiritildi.
- Oʻzbekistonda birinchi marta kosmik texnologiyalar boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtadi. Unda SpaceX, OneWeb, Satellogic va dunyoning boshqa yirik kompaniya vakillari ishtirok etadi.