Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki ma’lumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 455 ta elektromobil import qilgan.
Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga oshgan.
2022-yilning dastlabki 3 oyida Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy — 426 ta
- Germaniya — 13 ta
- Gonkong — 7 ta
- BAA — 3 ta
- Estoniya — 2 ta
- AQSH — 1 ta
- Kanada — 1 ta