Prezident o’tkazilayotgan yig’ilishda turizm vaziri, uning yangi tayinlangan oʻrinbosarlari, viloyat hokimlari va turizm boʻyicha muovinlari oldidagi eng ustuvor vazifalardan biri — turizm sohasida pandemiyagacha boʻlgan koʻrsatkichlarni tiklash ekani ta’kidladi.

Turizm va unga turdosh sohalarda kamida 200 mingta yangi ish oʻrinlari yaratish vazifasi qoʻyildi.

Buning uchun yil yakuniga qadar har bir viloyatda turistlar uchun jozibador boʻlgan kamida 20 million dollarlik 1 tadan yirik loyihani boshlash zarur.

Shuningdek davlat rahbari Namangandagi “Afsonalar vodiysi”, Boʻstonliqda “Amirsoy majmuasi” kabi loyihalarni qoʻshni davlatlar uchun qulay boʻlgan Andijon, Toshkent viloyati, Qashqadaryo va Xorazmda barpo etish bo’yicha fikr bildirdi.