Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022-yilning yanvar- mart holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 114.2 trln. so‘mni tashkil etdi.
Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyatsiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri — iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi.
Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 105,4% ni tashkil etdi.
2022-yilning yanvar- mart oylarida (uch oy davomida),aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmida Toshkent shahrida (7715,0 ming so‘m) hamda Navoiy (5768,5 ming so‘m),Toshkent (3772,3ming so‘m) Buxoro (3472,9 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.