Prezident huzurida qishloq xoʻjaligida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarning borishi hamda ta’lim sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilinmoqda.
Yigʻilishda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yil yakuniga qadar 400 million dollarlik loyihalarni boshlash topshirildi.
Bugungi kunda 580 ta yangi loyiha ishlab chiqilgan boʻlib, kreditlar qisqa muddatga berilishi bois ularni amalga oshirish kechikmoqda. Shu munosabat bilan vazirlikka loyihalarni ishga tushirib, lizing asosida sotish vakolati beriladi.
Bogʻdorchilik agentligiga 1-mayga qadar 20 million dollar, natijaga qarab, yil yakuniga qadar yana 45 million dollar ajratiladi.
Buning hisobiga joriy yilda 6 ta viloyatda 1,8 ming gektarda intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etilib, tadbirkorlarga kamida 7 yil muddatga lizingga beriladi.
1-maydan bogʻ va tokzorlar barpo etish uchun kreditlar tadbirkorlarga kamida 10 yil muddatga ajratiladi.
Yil yakuniga qadar xususiy sektor bilan birga jami 115 ming tonnali 17 ta kichik agrologistika markazini ishga tushiriladi. Ular “tayyor holda” 5 yillik imtiyozli davr bilan kamida 10-yilga lizing asosida sotiladi.