“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ-225-son, 27.04.2022-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 12 oy muddatga, 11 oylik imtiyozli davr bilan 300 milliard soʻm budjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratildi.
Budjet ssudasi hisobidan:
- ️qishloq xoʻjaligi korxonalariga — meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun moddiy-texnik resurslar, urugʻlik va koʻchat yetkazib berish, xizmatlar koʻrsatish uchun;
- ️qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga, “Agroservis operator” DUKga — ekinlarni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun yillik 14 foizda qarz beriladi.
“Agroservis operator” DUK tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik resurslar yetkazib berish, qarz shartnomasi asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarining vegetatsiya davridan ortiq boʻlmagan muddatga yillik 14 foizda amalga oshiriladi.