Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-mart oylarida xorijdan qiymati $49,9 mln ga teng boʻlgan qariyb 700 283 dona mobil telefon import qilgan.
Telefon importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 260 878 donaga oshgan.
Oʻzbekiston 9 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan, bu borada Xitoy yetakchilik qilmoqda:
- Xitoy — 533 704 dona
- Vyetnam — 92 639 dona
- Hindiston — 36 698 dona
- BAA — 33 620 dona
- Qozogʻiston — 3 518 dona
- J.Koreya — 86 dona
Oylar kesimida hisoblaganda, mart oyida xarid koʻproq amalga oshirilgan.
- yanvar oyida — 129 766 dona
- fevral oyida — 284 461 dona
- mart oyida — 286 056 dona
Avvalroq Spot uch oyda 455 ta elektromobil import qilinganligi haqida yozgan edi.