Avvalroq, O’zbekistonda futbolni rivojlantirishga qaratilgan PF-№ 5887- sonli Prezident Farmoni asosida mamlakatda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish 2021-yilning 1-yanvaridan qonuniylashtirilishi haqida xabar berilgan edi.
Lekin shunga qaramasdan, mamlakat hududida totalizator va bukmeykerlik faoliyatini amalga oshirish va reklama qilish noqonuniy hisoblangan. Shu maqsadda yil boshida oʻtkazilgan 1 105 ta oʻrganishlarda 102 ta ta holatda bunday xizmatlar reklamasi aniqlangan va ularning barchasi bartaraf etilgan edi.
Pressuzb telegram kanalining xabar berishicha, 2022-yilning 6-apreldagi kiritilgan o’zgartirishlarga ko’ra, farmonning bukmekerlik faoliyatiga tegishli qismlari bekor qilingan.
Shuningdek, farmonga tegishli bandlar: litsenziyalar, daromadlarni yo’naltirish va tartibga solish bandlari ham olib tashlangan.