1-maydan pensiya va nafaqalar miqdori 12 foizga oshiriladi
Eng kam pensiya oladigan aholining pensiyasi 14% — 440 ming soʻmdan 500 ming soʻmga oshiriladi.
Oʻzbekistonda 1-maydan nimalar oʻzgaradi
Spot 2022-yil 1-mayda biznes va iqtisodiyotga aloqador turli sohalarda kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
1-oktabrga qadar mahalliy aviaqatnovlarga moʻljallangan yangi “Silk avia” aviakompaniyasi tashkil etiladi
Shuningdek, aviatashish xarajatlarini kamaytirish maqsadida 9 ta samolyot toʻliq ekonom-klassga oʻtkaziladi (bunda tariflar 20 foizga arzonlashadi).
Raqamli soʻm aslida nima va u nega kerak
Markaziy bank mutaxassislari Spotga uning qanday valyuta ekanligi, kriptovalyuta va naqd boʻlmagan mablagʻlardan nimasi bilan farq qilishi va qachon chiqarilishi kutilayotgani haqida gapirib berdi.
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimi joriy etiladi
Maxsus rejim ishtirokchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha xodimlar tomonidan olingan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar 7,5 foiz miqdordagi qat’iy belgilangan stavka boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortiladi hamda soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmaydi.
Shuningdek, boshqa yangiliklar:
- Uch oyda 455 ta elektromobil import qilindi. Bu 2021-yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga koʻp.
- Isteʼmolchilarga yil boshidan 57,5 mlrd soʻm keshbek toʻlandi. Birgina mart oyining oʻzida yigʻilgan jami keshbek summasidan 22,7 mlrd soʻm toʻlab berildi.
- Tanganing boshqa tomoni: Rossiya neftidan voz kechgan davlatlar iqtisodiyotini nimalar kutmoqda. Prognoz va tahlil. Rossiya orqali olinadigan neft mahsulotlariga sanksiya joriy qilgan davlatlarning iqtisodiyoti qaysi tomonga oʻzgaradi. Spot taqdim etilgan tahlillarga asoslanib material tayyorladi.
- Oʻzbekistonda Counter Strike:GO boʻyicha korporativ turnir boʻlib oʻtadi. Turnir 14-may kuni soat 19:00da boshlanadi. Musobaqa Major Premium oʻyin klubida boʻlib oʻtadi, unda 32 tagacha jamoa qatnashishi mumkin.
- Buxoro-Istanbul yangi xalqaro yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi. Parvozlar 15-maydan boshlab, haftaning payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
- Bojxona hududida qayta ishlash rejimi soddalashtiriladi. Tovarlar eksporti uchun bojxona yigʻimlari stavkalari, imtiyozlar, preferensiyalar va eksportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha boshqa choralar “reeksport” bojxona rejimida olib chiqiladigan qayta ishlash mahsulotlariga ham tatbiq etiladi.
- “Magnit” Oʻzbekistonda oʻzining ilk kosmetika doʻkonini ochdi. Savdo nuqtasi Rossiyadan tashqarida birinchi chakana savdo doʻkoniga aylandi. MCosmeticda Rossiya va jahon brendlari bilan bir qatorda taniqli oʻzbek brendlari ham taqdim etiladi.
- Qorakoʻlchilik mahsulotlari yetishtiruvchilar uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytirildi. Qarorga muvofiq, kreditlar Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qoʻshish orqali hisoblanadigan stavka boʻyicha ajratiladi.
- Qishloq xoʻjaligi korxonalariga qarz beriladi. Qaror bilan Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 12 oy muddatga, 11 oylik imtiyozli davr bilan 300 milliard soʻm budjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratildi.
- 1-maydan bogʻ va tokzorlar barpo etish uchun kreditlar tadbirkorlarga kamida 10 yil muddatga ajratiladi. Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yil yakuniga qadar 400 million dollarlik loyihalarni boshlash topshirildi.
- 21-maydan boshlab Batumiga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi. Toshkent — Batumi yoʻnalishi boʻyicha aviachipta narxi 2 386 569 soʻmdan (bagajsiz) va 2 746 353 soʻmdan (bagaj bilan), Toshkent — Batumi — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha esa 4 070 059 soʻmdan (bagajsiz) va 4 621 728 soʻmdan (bagaj bilan) boshlanadi.
- Markaziy bank kredit oluvchiga kafil boʻlishdan oldin barcha jihatlarni oʻrganib chiqishni maslahat bermoqda. Kafil shaxslar rasmiyatchilik uchun hujjatni oʻqimasliklari, kredit oluvchining toʻlov qobiliyati haqida maʼlumotga ega emasliklari noxush vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda.
- Goʻsht, yogʻ, kartoshka va ayrim mahsulotlarga berilgan QQS imtiyozi yil yakuniga qadar uzaytirilishi kutilmoqda. Ushbu chora oziq-ovqat narxlarini barqarorlashtirish va inflyatsiyani ushlab turishga yordam berishi mumkin.
- Toshkentdagi ikki qavatli doʻkon beshinchi marta auksionga qoʻyildi. Avvallari u uchun 8 mlrd soʻm talab soʻralgan boʻlsa, endi boshlangʻich baho 13 milliard soʻmga koʻtarildi.
- Yil boshidan buyon Oʻzbekistonga qariyb 50 mln dollarlik mobil telefonlar olib kirilgan. Oʻzbekiston 9 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan, bu borada Xitoy yetakchilik qilmoqda.
- Oʻzbekistonda totalizator va bukmeykerlik faoliyatini legallashtirish bekor qilindi. Shuningdek, farmonga tegishli litsenziyalar, daromadlarni yoʻnaltirish va tartibga solish bandlari ham olib tashlangan.
- Qoraqalpogʻistonda “Nukus” texnoparki tashkil etiladi. Mazkur hudud “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi hududi chegarasidan chiqarib tashlanadi.
- Jadval: Uzbekistan Airways ramazon hayiti munosabati bilan 2-maydan 5-maygacha qoʻshimcha aviaqatnovlar joriy etadi. Kompaniya Termiz, Nukus, Buxoro, Urganch va Andijonga qoʻshimcha aviaqatnovlarni bajaradi.
- Samarqand shahriga yangi 180 ta elektrobus xarid qilinadi. Avvalroq shahar YeTTB dasturiga qoʻshilgan boʻlib, uning doirasida ularni sotib olish kutilmoqda.
- “Oʻzbekiston temir yoʻllari” saytida chiptalarni “Мир” kartasi orqali toʻlash imkoniyati paydo boʻldi. Taʼkidlanishicha, sanksiyalar tufayli rossiyalik sayyohlar boshqa toʻlov tizimlarining kartalari bilan toʻlovlarni amalga oshira olmayaptilar.