2022-yilning aprel oyida isteʼmol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning inflyatsiya darajasi 1,47% ni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

2022-yilning yanvar-aprelida isteʼmol bozorida narxlarning oʻsish surʼati 4,4% ni (2021-yilning shu davrida 4,1% boʻlgan), oʻrtacha oylik oʻsish surʼati esa 1,1% ni (2021-yilda 1%) tashkil etdi.

Yillik nisbatda (2021-yilning aprel oyiga nisbatan) isteʼmol sektorida narxlarning oʻsish surʼati 10,4% ga yetdi. 2021-yilning aprel oyida tovarlar va xizmatlar oy davomida oʻrtacha 1,5% ga va 2020-yilning mos davrida 1,7% ga qimmatlashgan.

Eslatib oʻtamiz, bundan avvalroq Markaziy bank yil yakuniga qadar inflyatsiya 14% gacha koʻtarilishi mumkinligini qayd etgan edi.