Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga qiymati $16,7 mln ga teng boʻlgan 425,3 ming tonna sement import qilingan.

Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 342 ming tonnaga kamaygan.

Oʻzbekiston eng koʻp sementni Tojikistondan import qilgan:

  • Tojikiston — 188,4 ming tonna
  • Qirgʻiz R. — 121,4 ming tonna
  • Qozogʻiston — 111,8 ming tonna
  • Eron — 1,9 ming tonna
  • Turkmaniston — 1,5 ming tonna
  • Rossiya — 206 tonna.

Avvalroq Spot sement ishlab chiqaruvchi korxonalarning 20% lik foyda solig‘i 15% ga pasaytirilgani haqida yozgan edi.