2023-yil 1-yanvardan bojxona organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash joriy etiladi. Qayd etilishicha, 2023-yil yakuniga qadar respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida “Masofaviy bojxona nazorati” tizimi joriy etiladi.
2022-yil 1-iyuldan bir bojxona postida uch yildan ortiq xizmatni oʻtagan xodimlar rotatsiya qilinadi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab bojxona organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash amaliyoti bosqichma bosqich joriy etiladi.
2022-yil 1-dekabrdan bojxona koʻrigi jarayonlari qamrab olingan mobil elektron tizim ishga tushiriladi.
Bundan tashqari, 2022-yil 1-iyunga qadar kadrlarni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash hamda tanlov jarayonlarining natijalari internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida eʼlon qilib borish yoʻlga qoʻyiladi.
2022-yil 1-sentyabrga qadar xalqaro standartlarga muvofiq komplayens nazorat tizimi toʻlaqonli ishga tushiriladi.
2022-yil 1-oktyabrga qadar bojxona yuk deklaratsiyalarini “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlarida rasmiylashtirish tartibi joriy qilinadi.