Gucci mahsulotlari uchun kriptovalyutada to’lovlarni qabul qilishni boshlaydi, deya xabar beradi secretmag nashri.
Kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Marko Bizzarri “Gucci mijozlarimizga yanada boy brend tajribasini taqdim eta oladigan yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga intiladi”, deya fikr bildirdi.
Xarid uchun to‘lovni amalga oshirish uchun mijozlar pochta orqali QR-kodli havola oladi, bu ularga kripto hamyonidan foydalangan holda pul mablag‘larini kiritish imkonini beradi.
Avvalroq London, Parij va Milanda Off-White brend do‘konlari virtual valyutani qabul qila boshlagan.
Hozirgi vaqtga kelib bitkoinning narxi Coindesk platformasida $36 227 ni tashkil etmoqda.