Qonun (O‘RQ-767-son, 05.05.2022 y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, vaqtinchalik soliq imtiyozlariga, Prezident yoki Hukumat qarorlarida yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i hamda yuridik shaxslarning yer solig‘idan to‘liq ozod qilish imtiyoziga ega soliq to‘lovchilar mazkur soliqlarni 1 foizi miqdorida to‘laydi (mazkur tartib 3 oydan so‘ng kuchga kiradi).
️ Foyda solig‘ini hisoblashda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablag‘lar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
Bolalikdan nogiron bo‘lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (2 mln 466 ming so‘m) miqdoridagi mablag‘lari daromad solig‘iga tortilmaydi (ilgari MHTEKMning 1,41 baravari edi — 1 mln 159 ming so‘m).
Ushbu tartib 2022 yil 1 martdan yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar 5 yil muddatga yer solig‘idan ozod qilinadi. Ilgari 3 yil edi.
Ushbu tartib 2022 yil 1 yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
6 may 2022, 11:57
Iqtisodiyot
Qonunchilik
Ayrim shaxslarning soliqqa tortilmaydigan daromadi miqdori oshirildi
Bolalikdan nogiron bo‘lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (2 mln 466 ming so‘m) miqdoridagi mablag‘lari daromad solig‘iga tortilmaydi.

Foto: Spot
- 607
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 19:48 Biznes
Xorazmda yangi mehmonxona qurish va jihozlashga subsidiya ajratiladi
Bu toifasiz mehmonxona uchun 10 mln so‘mni, 1 yulduzli uchun 15 mln so‘mni hamda 2 yulduzli uchun 20 mln so‘mni tashkil etadi.
Bugun, 19:06 Biznes
O‘zbekneftgaz mart oyi o‘rtasida Uzbekistan GTLning 3,5 oylik ta’mirlash ishlarini yakunladi
Davlat kompaniyasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Anarqulovning qayd etishicha, bugungi kunda zavod 97% quvvatda ishlamoqda.
Bugun, 18:15 Iqtisodiyot
“Dunyo avvalgidek emas” — prezident savdo urushlarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri haqida
Shavkat Mirziyoyev global iqtisodiy vaziyatlarda dunyo bo‘ylab ta’minot va qiymat yaratish zanjirlarida uzilishlar kuzatilishini eng katta xavf, deya baholadi.
Bugun, 18:10 Texnologiyalar
Instagram “umumiy miks” funksiyasini ishga tushirdi
Funksiya foydalanuvchi va uning do‘stlari uchun individual, moslashtirilgan Reels lentasini yaratish imkonini beradi.
Bugun, 17:21 Biznes
1-iyuldan O‘zbekistonda barcha tovar eksportiga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanadi
Davlat rahbari import tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi muvofiqlashtirilishini, markirovkalash talablari ustidan nazorat kuchaytirilishini ma’lum qildi.
Bugun, 17:06 Texnologiyalar
Hyundai avtomobillaridagi sensorli ekranlardan voz kechishi mumkin
Kompaniya 2026-yilda o‘z avtomobillarini sensorli ekranlar emas, balki tugmalar bilan jihozlashni rejalashtirmoqda.
Bugun, 16:57 Iqtisodiyot
Shakar uchun aksiz solig‘i hamda quruq sut importiga cheklovlar bekor qilinadi
Prezident Soliq qo‘mitasiga to‘langan QQS uchun keshbek qaytarishdagi tushunmovchiliklarni tartibga solib, adolatli tizimni yo‘lga qo‘yishni topshirdi.
Bugun, 16:11 Biznes
Sertifikatlash va standartlashtirish tizimi qayta ishlab chiqilib, bir-birini takrorlovchi tartiblar bekor qilinadi
Oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi nazorati bilan faqat Sanepidqo‘m shug‘ullanadi. Xavf darajasi yuqori 7 ta tovar guruhidagi mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi.