Oʻzbekistonda aprel oyida inflyatsiya 1,47% ni tashkil etdi

Yillik nisbatda iste’mol sektorida narxlarning o‘sish sur’ati esa 10,4% ga yetdi.



Oʻzbekistonliklarning ichki sayohat uchun sarflagan xarajatlari “keshbek” sifatida qaytariladi

Sayohat xarajatlari faqatgina platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlarning bank kartalariga qaytariladi.



“Gucci” mahsulotlari uchun kriptovalyutada toʻlovlarni qabul qilishni boshlaydi

Xarid uchun toʻlovni amalga oshirish uchun mijozlar pochta orqali QR-kodli havola oladi, bu ularga kripto hamyonidan foydalangan holda pul mablagʻlarini kiritish imkonini beradi.


“YAIT Biznes-inkubator"dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi

Dastur uch oy davom etadi. Qatnashchilar oʻz ilmiy gʻoyalarini biznes modelga aylantirish va hayotga tatbiq qilish, investorlar bilan ishlash boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oladilar.



Bank sohasidagi vakant lavozimlar: Anor bank, Xalq banki, Orient Finans bank, Tenge bank munosib nomzodlarni qidirmoqda

Spot Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan banklardagi boʻsh ish oʻrinlarini oʻrganib chiqdi. Umumiy hisobda, lavozimlar boʻyicha nomzodlardan 3 yildan 6 yilgacha, 1 yildan 3 yilgacha ish tajribasi boʻlishi talab etilmoqda. Ayrim ish oʻrinlari uchun tajriba talab etilmaydi. Oʻrtacha oylik ish haqi 3,5 mln soʻmdan boshlanadi.



Shuningdek, boshqa yangiliklar:

  1. Xotin-qizlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratiladi. Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash maqsadida Davlat byudjetidan har yili kamida 200 milliard so‘m moliyalashtiriladi.
  2. Tahlil: Qaysi sohalarda top-menejerlarga talab yuqoriligi maʼlum boʻldi. Menejerlar oʻrtasida boʻsh ish oʻrinlari uchun raqobat mehnat bozoridagi oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori.
  3. Oʻzbekiston uch oy ichida qariyb 17 mln dollarlik sement import qildi. Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 342 ming tonnaga kamaygan.
  4. Kibersport: CS:GO va DOTA 2 yoʻnalishi boʻyicha chempionat oʻtkaziladi. Mukofot jamgʻarmasi 200 mln soʻm.
  5. Oʻzbekistonda qaysi kompaniya eng koʻp soliq toʻlaydi. Moliya vazirligi 10 ta eng yirik soliq toʻlovchilar roʻyxatini yangiladi.
  6. 2023-yil 1-yanvardan bojxona xodimlarining daromad va mol-mulkini deklaratsiyalash joriy etiladi. Shuningdek, 2022-yil 1-iyuldan bir bojxona postida uch yildan ortiq xizmatni oʻtagan xodimlar rotatsiya qilinadi.
  7. Toshkent — Shahrisabz — Toshkent yoʻnalishida “Afrosiyob” qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda. Harakat jadvaliga muvofiq, poyezd shanba va yakshanba kunlari soat 08:00 da Toshkent markaziy vokzalidan joʻnaydi.
  8. Ayrim shaxslarning soliqqa tortilmaydigan daromadi miqdori oshirildi. Bolalikdan nogiron boʻlganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (2 mln 466 ming soʻm) miqdoridagi mablagʻlari daromad soligʻiga tortilmaydi.
  9. Goʻshtni qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish muddati uzaytirildi. Tovuq goʻshti, muzlatilgan baliq va tirik parrandalarga qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyoz 2022-yil 30- aprelgacha etib oʻzgartirishsiz qoldirildi.
  10. “Wikipedia” portalining oʻzbek tili segmentini toʻldirish boʻyicha talaba-yoshlar oʻrtasida tanlov oʻtkaziladi. Tanlov yakunlariga koʻra eng koʻp maqola joylashtirgan 10 nafar talaba-yoshlar va talabalari eng koʻp maqola joylashtirgan 3 nafar oliy taʼlim muassasasi munosib taqdirlanadi.
  11. “UzAuto Motors” yangi komplektatsiyadagi Chevrolet Cobalt “Optima” avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi. “Optima” komplektatsiyasi orqa qoraytirilgan oyna, kuchaytirilgan dvigatel va himoya karterini oʻz ichiga oladi.
  12. Milliarder Abramovichga tegishli “Chelsi” klubi amerikalik biznesmenlar qoʻliga oʻtdi. Abramovich sotuvdan tushgan pulning yarmidan koʻpini xayriya uchun yoʻnaltirmoqchi.
  13. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish soddalashtirildi. Tanlovga chiqarilgan yerni olmoqchi boʻlgan talabgorlar 2022 yil 1 martdan keyin xorijdan kelgan mehnat migrantlari boʻlsa, BHMning 1 baravari (270 ming soʻm) miqdoridagi zakalat pulini toʻlashdan ozod etiladi.
  14. “Aeroflot” Moskva Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni tiklamoqda. 21-maydan “Rossiya” aviakompaniyasining Sochidan Toshkentga parvozlari bekor qilindi.
  15. Respublika boʻyicha soliq tushumlari hajmi 17% ga oshdi — DSQ. Eng yuqori oʻsish Navoiy viloyatida qayd etildi.
  16. “UzAuto Motors” ayrim hujjatlarni qalbakilashtirilganligi sabab diler korxonasi bilan kelishuvni bekor qildi. Sobiq diler va mijozlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha mijozlar oldidagi majburiyatlar “XORAZM AVTOTEXXIZMAT” MChJ tomonidan bajariladi.