CoinDesk maʼlumotlarga koʻra, bitkoin kursi $30 mingdan pastga, yaʼni va 10% ga tushdi.
Toshkent vaqti bilan 17:30 holatiga koʻra, bitkoin uchun $31 718 taklif qilinmoqda. Bir kun avval tokenning narxi 33 100 dollarni tashkil qilgan edi.
Qayd etilishicha, eng katta pasayish vaqtida uning narxi $30 mingdan pastga tushgan, oxirgi marta bunday holat 2021-yil 21-iyulda kuzatilgan edi. “Золотой монетный дом” kompaniyasining tahlilchisi Dmitriy Golubovskiy bitkoinning tushishini tushuntirdi. Uning soʻzlariga koʻra, raqamli valyuta AQSh texnologiya sektori bilan yaxshigina korrelyatsiyaga erishdi.
Uning qoʻshimcha qilishicha, bitkoin $20 minggacha tushadi va keyin narx barqarorlashadi. Shu bilan birga, AQSh aksiyalari, deydi Golubovskiy, agar federal zaxira stavkalarni oshirishdan bosh tortmasa, “uchishda davom etadi”.
Ekspert va ENCRY Foundation hammuassisi Roman Nekrasovning aytishicha, yuqori texnologiyalar bozori makroiqtisodiy omillarning kuchli bosimi ostida qolmoqda. Investorlar inflyatsiyaning keyingi oʻsishidan qoʻrqishadi.
“Kripto birjalarga qaraganda, xarid qilish buyurtmalari juda koʻp, yaʼni bitkoin shu darajaga tushib qolsa ham, u tezda qaytarib sotib olinadi. Oʻylaymanki, yaqin oyda bitkoin qisqa vaqt ichida $30 minggacha tushishi mumkin, ammo bu darajada uzoq vaqt qolishi dargumon”, — deya bashorat qildi Nekrasov.
Avvalroq Spot Markaziy Afrika Respublikasi bitkoinni oʻzining rasmiy valyutasi sifatida tan olgani haqida yozgan edi.