Endilikda ️toʻlov tashkiloti, ️tijorat banklarining elektron toʻlov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali), elektron tijorat platformalari — “marketpleys"-larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan xaridlar uchun ham keshbek toʻlanadi.
Soliq organlari axborot tizimlari bilan elektron toʻlovlar (PAYNET, OSON, PAYME, CLICK, APELSIN va boshqalar) integratsiyasining ijobiy natijalariga koʻra xaridlar elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirilganda QR-kodli chek shakllanyapti.
Agar isteʼmolchi keshbek tizimida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, u holda marketpleyslar orqali amalga oshirilgan xarid summasining 1%i “Soliq” mobil ilovasida avtomatik tarzda aks etadi.
Shuningdek, keshbek olish uchun elektron chekdagi QR-kodni skanerlash imkoni ham mavjud.
Eslatib oʻtamiz, avtomobil, avia va temir yoʻl chiptalari xarid qilinganda, kommunal va aloqa xizmatlari uchun toʻlov qilinganda keshbek toʻlanmaydi.
Marketpleys-cheklari soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida aks etadi.