Markaziy bank jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalariga doir infografika eʼlon qildi.
Unda qayd etilishicha, 2022-yil yanvar-aprel oylarida respublikaga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalari $2,54 mlrd.ni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 27% ga ($548 mln) oshdi.
Shuningdek, mazkur davr oraligʻida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan jami $3,27 mlrd miqdorida yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 53% ($1,1 mlrd) koʻp xorijiy valyuta sotib olindi.
Tijorat banklari orqali jismoniy shaxslarga jami $2,23 mlrd miqdorida yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 64% ga ($872 mln) koʻp xorijiy valyuta sotildi.