Tesla va SpaceX kompaniyalari bosh direktori Ilon Mask Twitterni sotib olish vaqtinchalik to’xtatilganligi haqida xabar berdi. Xabarda aytilishicha, tadbirkor spam va haqiqiy bo’lmagan akkauntlar bo’yicha tekshiruv yakunlanishi kutmoqda.
Ilon Mask Twitter kompaniyasini sotib olishi haqida oldinroq xabar berilgan edi. U har bir aksiya uchun $54,2 qiymatni taklif etgan. Potensial sarmoyadorlarni qidirgan tadbirkorga nisbatan sudga ariza ham berildi.
Oxir oqibat, Twitter Ilon Mask tomonidan sotib olinadigan bo’ldi. Kelishuv narxi $44 mlrdni tashkil etadi. Shundan $21 mlrd shaxsiy mablag’lar va yana $25,5 mlrd Tesla aksiyalari evaziga Morgan Stanlay bankidan ajratiladi.
Tadbirkor Twitterga yangi funksiyalarni: spam botlarni yo’q qilish, barcha uchun ro’yxatdan o’tish imkonini yaratish va boshqalarni joriy etmoqchiligi haqida xabar bergan edik.