Andijon va Krasnodar shaharlarida oʻzaro kelishuv asosida ikki viloyatning savdo uylari ochiladi. Bu haqda “Kuban yangiliklari nashri xabar bermoqda.

Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari Botirjon Hamrayev Rossiyaning Krasnodar oʻlkasi vitse-gubernatori Aleksandr Ruppel boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar hududlararo biznes sheriklik va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Ruppelning soʻzlariga koʻra, Kuban biznesi Oʻzbekistonga meva-sabzavot va vino mahsulotlari, shuningdek, oziq-ovqat uskunalarini eksport qilmoqchi. Importdan toʻqimachilik mahsulotlari asosiy qiziqish uygʻotadi.

300 dan ortiq krasnodarlik tadbirkorlar Oʻzbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda, dedi viloyat sanoat siyosati boshqarmasi boshligʻi Ivan Kulikov. Ular orasida kiyim-kechak, poyabzal, charm buyumlar, mebel ishlab chiqaruvchilar bor.

Hamroyevning taʼkidlashicha, Andijon ham hamkorlikka qiziqish bildirmoqda. Krasnodar oʻlkasida Andijon, Andijonda esa Krasnodar savdo uyini tashkil etish taklif qilindi.

Ruppel, oʻz navbatida, munosabatlarni rivojlantirishga boʻlgan oʻzaro intilishdan “xursand” ekanini taʼkidladi.

Avvalroq Spot Oʻzbekistondan Rossiya janubiga eksport qilish imkoniyatlari haqida yozgan edi.