Nega rubl soʻm va boshqa valyutalarga nisbatan mustahkamlanib bormoqda
Rossiya valyutasining mustahkamlanishi vaqtinchalik hodisa boʻlib, bu koʻplab obyektiv va sunʼiy omillar tufayli boʻlishi mumkin. Yil oxiriga kelib devalvatsiya xatarlari ogʻirlasha boshlaydi, bu esa rublning zaiflashishiga olib keladi.
SpaceX qachon Oʻzbekistonda Starlink ishga tushirilishini maʼlum qildi
Xizmat hozirda 32 mamlakatda, shu jumladan AQShda ham mavjud. Ukraina tarmoqqa yaqinda navbatsiz ulandi.
Bitkoin $28 000 dan pastga tushdi va 2020-yil dekabr oyidagi darajaga qaytdi
Rekord stavkadan keyin olti oy davomida dunyodagi kapitallashuv boʻyicha birinchi kriptovalyuta deyarli 2,5 barobarga arzonlashdi.
Boshqa yangiliklar:
- Ilon Maskning kompaniyasi “Oʻzbekkosmos” bilan hamkorlikni boshlashi mumkin. Yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash uchun Oʻzbekistonga Starlink loyihasini jalb etish rejalashtirilmoqda.
- Oʻzbekiston Coca-Cola İçecek uchun eng tez rivojlanayotgan bozorga aylandi. Oʻtgan yili zavodni sotib olgan turk kompaniyasi uning uzoq muddatli salohiyatini qayd etdi.
- “E-Antikorrupsiya” loyihasi ishga tushiriladi.Loyiha “E-Anticor.uz” elektron platformasida amalga oshiriladi.
- O‘zbekistonda “Plug and Play” global innovatsion platformasi texnik markazi ochiladi. Dastur doirasidagi hamkorlikning dastlabki bosqichi moliyaviy texnologiyalar, sug‘urta va korporativ texnologiyalar, hamda ta’lim yo‘nalishlarini qamrab oladi.
- Asalarichilik kooperatsiyalari 1-iyuldan boshlab uch yil muddatga daromad va mulk soligʻidan ozod etiladi
Asalarichilik xoʻjaliklariga bahor va yoz mavsumi davomida asalari oilalarini qoʻshni mamlakatlarga “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimida koʻchirib chiqarishga ruxsat beriladi.- Roʻyxat: Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun bir qancha yoʻnalishlarga subsidiyalar ajratiladi. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
- Umumiy ovqatlanish va chakana savdo korxonalari uchun belgilangan qoidalar soddalashtiriladi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga davlat organlari aralashuvini qisqartirish, yashirin iqtisodiyot va norasmiy bandlikni qisqartirishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etiladi.
- Ayollar oʻrtasidagi tanlovda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Startap loyihalarga arizalar 1-iyunga qadar qabul qilinadi. Tanlovga 10 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi.
- Twitterni sotib olish jarayoni vaqtinchalik to’xtatildi — Ilon Mask. Xabarda aytilishicha, tadbirkor spam va haqiqiy bo’lmagan akkauntlar bo’yicha tekshiruv yakunlanishi kutmoqda.
- Jismoniy shaxslarning banklardan valyuta sotib olish hajmi 64% ga oshdi. Tijorat banklari orqali jismoniy shaxslarga jami $2,23 mlrd miqdorida valyuta sotildi.
- SpaceX qachon Oʻzbekistonda Starlink ishga tushirilishini maʼlum qildi. Xizmat hozirda 32 mamlakatda, shu jumladan AQShda ham mavjud. Ukraina tarmoqqa yaqinda navbatsiz ulandi.
- Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun pul toʻlash tartibi belgilandi. Bir martalik pul mukofoti soliq huquqbuzarliklari uchun belgilangan jarimalarning 20%ini tashkil etadi.