Amerikaning “Sylvamo” kompaniyasi 2022-yilning birinchi choragi uchun hisobotida mamlakatdan chiqishini eʼlon qildi.

Kompaniya oʻz faoliyatini toʻxtatadi va mamlakatdagi aktivlarini sotadi. Jarayon imkon qadar tezroq yakunlanishi kutilmoqda.

Mart oyida “Sylvamo” muhim xomashyo yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli Svetogorskdagi sellyuloza-qogʻoz zavodida ishlab chiqarish toʻxtatilishi haqida ogohlantirgan edi. Ayrim nashrlarning yozishicha, jarayonning toʻxtab qolishi qogʻozni oqartiruvchi kimyoviy moddalar yetishmasligi bilan bogʻliq.

Mart oyi oʻrtalarida zavod “ekoqogʻoz” — sariq rangli ofis va ofset qogʻozlarini ishlab chiqarishni boshlagan edi.


“Sylvamo” SvetoCopy brendi ostida ofis qogʻozlarini ishlab chiqaradi. Svetogorskdagi zavodning yillik quvvati 720 ming tonna sellyuloza, qogʻoz va kartonni tashkil etadi. 2021-yilda kompaniya umumiy daromadining taxminan 15%i Rossiya hissasiga toʻgʻri keldi, deb yozadi “Kommersant”.