“Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ-243-son, 16.05.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan har yili respublika aholisini virusli gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha, virusli gepatit “S” turi bilan kasallangan bemorlarni davolash 10,5 ming nafargacha yetkaziladi.
️2022-yil 1-sentabrdan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilash bilan birga ularni oʻz hisobidan gepatitning “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish tartibi joriy etiladi.
Qarorga koʻra, 2022-yil 1-noyabrgacha jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestri ishlab chiqiladi.
️2022-yil 1-iyuldan Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlarning) qon plazmasi banki yaratiladi.
️2022-yil 1-iyuldan nodavlat tibbiyot tashkilotlari qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlar gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlanadi.
2024-yil 1-yanvardan nodavlat tibbiyot tashkilotlarida qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlarning gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlangan boʻlishi hamda Reyestrning yuritilishi tibbiy faoliyatni litsenziyalash talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.
2022-yil 1-iyuldan har yili keng tarqalgan virusli infeksiyalar muammolarining ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan loyihalarga tanlovlar asosida mablagʻlar ajratiladi.
Qarorga koʻra, 2022−2023-yillarda epidemiologik koʻrsatmaga muvofiq, davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi 119 016 nafar xodimning (shundan 2022-yilda 47 605 nafari) gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlanishi nazarda tutilgan.
Jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestri ishlab chiqiladi
2024-yil 1-yanvardan nodavlat tibbiyot tashkilotlarida qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlarning gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlangan boʻlishi hamda Reyestrning yuritilishi tibbiy faoliyatni litsenziyalash talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.
- 398
- Izoh
- Tavsiya qilish