“Oʻzbekkosmos” agentligi va Britaniyaning OneWeb sunʼiy yoʻldosh aloqa kompaniyasi oʻrtasida oʻzaro almashinuv va hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Memorandum STC-2022 birinchi Markaziy Yevroosiyo kosmik texnologiyalar konferensiyasi doirasida imzolangan.
Tomonlar past orbitali sunʼiy yoʻldoshli innovatsion telekommunikatsiya tizimi boʻlgan OneWebʼdan foydalanish boʻyicha ekspertiza markazini tashkil etishga kelishib oldilar.
Shuningdek, hamkorlik olis va borish qiyin boʻlgan qishloq tumanlari, iqtisodiyotning turli tarmoqlari korxonalarini OneWeb aloqa sunʼiy yoʻldoshlari orqali yuqori tezlikdagi keng polosali internet bilan taʼminlaydi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Spot Starlinkʼning Oʻzbekistonda qachon ishga tushirilishi kutilayotgani haqida yozgan edi.
OneWeb — bu mobil sunʼiy yoʻldosh texnologiyalaridan foydalangan holda keng polosali internetni taʼminlash uchun moʻljallangan oʻzaro bogʻlangan sunʼiy yoʻldoshlar tizimi loyihasi bilan shugʻullanuvchi Britaniya korporatsiyasi. Kompaniya Starlinkʼning raqobatchi hisoblanadi.