Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Alisher Safarov maʼlum qilishicha, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Toshkent shahri dehqon bozorlaridagi 30,6 ming tonna goʻsht, 103 ming tonna oʻsimlik mahsulotlari, 163,8 mln dona tuxum, 6,6 ming tonna sut va sut mahsulotlari veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi tomonidan laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, 6,8 tonna goʻsht va goʻsht mahsulotlari, 43,5 tonna oʻsimlik, 89 ming dona tuxum, 4,7 tonna sut va sut mahsulotlari isteʼmolga yaroqsiz boʻlgan va ushbu mahsulotlar savdodan chetlashtirilgan hamda zararsizlantirib yoʻqotilgan.
Davlat veterinariya xizmati ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda 58 holatda amaldagi qonun talablari va normalarining buzilish holatlarida jami 12 tonna goʻsht va goʻsht mahsulotlari isteʼmolga yaroqsizligi aniqlanib, oʻrnatilgan tartibda zararsizlantirilgan.