Payme toʻlov xizmatida yangi foydalanuvchilarning oʻsishi biroz sekinlashdi, bu haqda TBC Bank Groupʼning choraklik hisobotida koʻrsatib oʻtilgan.

Mart oyi oxirida roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni 6 mln kishini tashkil etdi, bu bir yil oldingiga nisbatan 78% ga koʻproq. Oʻtgan yilning oxirida bu raqam 5,2 mln.ni tashkil etgan.

Boshqacha aytganda, dastlabki uch oyda xizmatga 800 mingga yaqin foydalanuvchi qoʻshildi (+15%). Bu avvalgi chorakdagidan taxminan uchdan bir baravar kam — 1,2 mln.

Xizmat muntazam ravishda toʻlovlarni amalga oshiradigan 200 000 mijozlarni qoʻshdi. Hozirda faol foydalanuvchilar bazasi yiliga 68%ga oshgan, yaʼni 1,3 mln kishiga baholanmoqda.

Birinchi chorakda Payme oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 46% ga koʻp tranzaksiyalarni qayta ishladi va ularning umumiy hajmi 44% ga oshdi. Buning hisobiga xizmatning choraklik daromadi 83% ga oshib, 9,5 million lari ($3,23 mln)ni tashkil qildi.

Paymeʼning dastlabki uch oydagi foydasi 5,8 mln lari yoki $1,97 mln.ni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 93% ga oshgan.

Avvalroq Spot TBC UZ raqamli bankining birinchi chorakdagi natijalari haqida yozgan edi, xususan, unda faol foydalanuvchilar sonini ikki barobarga oshganligi taʼkidlangan.